Fulldome - toʻliq gumbaz ichiga 360° boʻylab
proeksiyalanadigan filmlar namoyish etuvchi
Oʻzbekistondagi yagona muassasa bu
Toshkent shahar Planetariysi

Fulldome filmlar

Biz haqimizda

Toshkent shahar Planetariysi tashkil etilishi

Toshkent shahar Planetariysi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 649-f-sonli farmoyishi hamda Toshkent shahar hokimining 2003 yil 7 noyabrdagi 748-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Planetariy binosi Toshkent shahar hokimligi tomonidan qurib berilgan bo'lib ...

Batafsil

2003
Yilda ishga
tushirilgan
50
O'rindiqli
namoyish zali
10
Fulldome filmlar
to'plami
3
Tilda taqdim
etiladi

Tashrif buyuruvchilar e'tirofi

  • Tashrif buyuruvchilar e'tirofi
    Muminov Abduqodir 16 нояб. 2017 г.

    Planetariyga bir necha yil oldin kelganimda bu yerdagi holatdan ko'nglim to'lmagan edi. Ayniqsa proyektorning ahvoli odamning kulgisini qistatadigan darajada bo'lib, bunday joyga umuman mos kelmaydigan oddiy proyektor edi. Ko'rsatiladigan kontentni gapirmasa ham bo'lardi... Yangi proyeksion sistema o'rnatilganidan shu yil sentyabr oyida xabar topdim va guruhimdagi talabalarni olib bordim. Bu galgi tashrif ancha yaxshi o'tdi, ayniqsa haqiqiy astronomik muhitga tushiradigan - tomosha zali gumbazning ichini to'liq qoplaydigan filmlarning namoyishi juda ajoyib! Talabalarning ham tassurotlari katta bo'ldi!

  • Tashrif buyuruvchilar e'tirofi
    Najmiddinov Fayzullo 16 нояб. 2017 г.

    O'zim shu sohaga yaqin yo'nalishda ta'lim olganim uchun talabalik paytimizda kursdoshlarim bilan planetariyga kelgan edik. Oldinlari Toshkentda bunday joy borligiga e'tibor ham bermagan ekanman. Ichkari tomondan oynalarga yopishtirilgan rasmlar juda ajoyib, haqiqiy kosmik atmosferani hosil qilgan. U yerdagi rasmlar orasidan planetalarning hatto oldin o'zim bilmagan tabiiy yo'ldoshlarini ham uchratdim))) Xullas, zalda qo'yiladigan filmlariga ham gap yo'q, hammasi a'lo darajada. Faqat o'zbek tilidagilari soni unchalik ko'p emas ekan, o'ylaymanki vaqt o'tishi bilan barcha mavjud filmlarning o'zbek tilidagi variantlari ham tayyor bo'ladi.

Aloqa

Xabar jo'natish

Bizga takliflaringiz bormi? Yoki tanqidiy fikrlaringizni bildirmoqchimisiz? Marhamat, ularni quyidagi forma yordamida yo‘llang. Biz maktubingizni ko‘rib chiqamiz.

Manzil

100002, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasi, 6

info@planetariy.uz

+998-71 244-01-34



Oldindan buyurtma bermoqchimisiz?
 

Iltimos, bu haqda batafsil quyidagi manzilga xat yo'llang:

sales@planetariy.uz

+998-71 244-77-20