Fulldome filmlar

IBEX. Quyosh Tizimi Chegarasini Izlab

  Ushbu to'liqgubazli (fulldome) filmni tomosha qilishga tashrif buyurib, Quyosh tizimi chegarasini tadqiq qiluvchi olimlar guruhiga qo'shling. "IBEX. Quyosh Tizimi Chegarasini Izlab" nomli bu shou, NASA ning IBEX (Interstaller Boundary Explorer) missiyasi natijalari asosida yaratilgan bo'lib, uni ko'rish jarayonida tomoshabinlar Quyosh tizimining chegaralarini aniqlash uchun IBEX sun'iy yo'ldoshining kosmik fazoda modda atomlarini qanday to'plashini o'rganishlari mumkin bo'ladi. Shou kosmik ilm-fan muammolariga befarq bo'lmagan va kosmik ilmiy tadqiqotlar haqida ko'proq bilmoqchi bo'lgan tomoshabinlar uchun mo'ljallangan. Ushbu shouni tomosha qilish davomida ikkita qiziquvchan o'quvchi o'rtasidagi suhbatni IBEX missiyasini lohiyalashtirgan va sun'iy yo'ldoshning o'zini yaratgan olimlar hamda muhandislar izohlari bilan birga olib boradilar.

 

  Tomoshabinlar ushbu missiya haqidagi so'nggi ma'lumotlarni asosiy shouga qo'shilgan qo'shimchalardan bilib olishlari mumkin. 2011 yil bahorida olingan IBEX missiyasi natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar asosiy versiya bilan birgalikda taqdim etiladi. Shou NASA granti asosida yaratilgan va subsidiyalangan litsenziya asosida tarqatilgan.

 

Janr: Astronomiya
Studiya: Adler Planetarium
Mavjud tillar: Rus, Eng
Davomiyligi: 25 minut
Tomoshabin yoshi: 16+
Yaratilgan yili: 2009
Fulldome filmlar

O`xshash filmlar