Ikkita Kichik Oynacha. G'aroyib Teleskop
Havaskorlik kuzatuvlari paytida, ikki o’quvchi teleskoplar Koinot hamda unda Yerning joylashuvi haqidagi tushunchalarimizni kengaytirishga yordam berishini o'rganishadi. O'qituvchi bilan suhbat davomida ular teleskopning yaratilish tarixi, uning ishlash prinsipi va ushbu asbob yordamida amalga oshirilgan ajoyib kashfiyotlar, zamonaviy observatoriyalarda Koinot sirlarini tadqiq qilishi uchun teleskoplardan qanday foydalanayotganlarini o’rganadilar. Teleskopda kuzata turib, qahramonlar tomoshabin bilan birga Yupiterning Galiley sun'iy yo'ldoshlarini, Saturnning halqalarini, galaktikalarning spiral tuzilishini o'rganadilar. Munozara davomida ular Galiley, Gyuygens, Nyuton, Xabbl va boshqalarning kashfiyotlari haqida bilib olishadi.
Ushbu to'liqgumbazli (fulldome) shou tomoshabinga teleskop tarixini taqdim etadi, ushbu asbob yordamida inqilobiy kashfiyotlar qilgan olimlar haqida gapirib, tomoshabinni dunyodagi eng yirik observatoriyalarga eltadi. Shou 2009 yil Xalqaro Astronomiya yili doirasida Milliy Fan Fondi (NSF) tomonidan moliyalashtirilgan va Xalqaro Planetariylar Jamiyati (IPS) a'zolari uchun subsidiyalangan litsenziya asosida taqdim etilgan.
Janr: |
Astronomiya |
Studiya: |
IMILOA ASTRONOMY CENTER |
Mavjud tillar: |
Rus, Eng |
Davomiyligi: |
25 minut |
Tomoshabin yoshi: |
12+ |
Yaratilgan yili: |
2009 |