Fulldome filmlar

Koinot Qa'rida

  Tungi osmon, maftunkor va sirli, bu haqdagi hikoyalar va afsonalar qadim zamonlardanoq bizni hayratda qoldirgan. Koinotni tushunish istagi, ehtimol, insonlarning eng qadimiy aqliy tajribasidir. Va faqat, yaqin o’tmishdan boshlabgina biz keng miqiyosda o'zimizning cheksiz Koinotdagi joyimizni chinakamiga tushunishga kirishdik. Biz sizni samoviy kashfiyotlar yo'li haqidagi – qadimgi yunon astronomlari nazariyalaridan tortib, eng yirik zamonaviy teleskoplarga qadar bo’lgan ma’lumotlar bilan tanishtirish uchun, "Koinot Qa'rida" nomli shou namoyishiga taklif qilamiz.

 

  Film rejissori yosh kinomatografist Theofanis N. Matsopulos. Norvegiyalik bastakor Joan B. Monellning ajoyib sauntreki ostida Quyosh sistemasidagi turli olamlarning va Quyoshning g'azabnok qahridan bahramand bo'lishingiz mumkin. Keyin ona zaminni yulduzlarning turfa ranglardagi tug’ilish sohalariga va yulduzlar falokatga uchragan joylarga hamda Somon Yo'lidan tashqarida juda ko'p sonli galaktikalarning dahshatli qudratiga guvoh bo’lish uchun tark etasiz. Yo'lda astronomiya tarixi, teleskop ixtirosi va Koinot tubsizligini tadqiq qilishda davom etadigan zamonaviy gigant teleskoplar haqida bilib olasiz.

 

Film janri: Astronomiya
Studiya: ESO
Mavjud tillar: Uzb, Rus, Eng
Davomiyligi: 32 minut
Tomoshabin yoshi: 6+
Yaratilgan yili: 2015
Fulldome filmlar

O`xshash filmlar