Fulldome filmlar

Oyga Butunlay Qaytish

  Agar siz eshitmagan bo'lsangiz, Oyga uchushga oid kosmik dasturlar bugungi kunda yanada ommalashmoqda, boz ustiga judayam mashxur. 60- va 70- yillarda bo'lganidek, bizning kosmik qo'shnimiz ham oy tadqiqotchilari e'tiborini tortadi. Faqat bu safar ular Oyga abadiy qaytmoqchi. Raqamli planarariyalar uchun mo'ljallangan "Oyga butunlay qaytish" filmi, 40 yildan ziyod vaqt davomida birinchi marta Oyga boshqariluvchi lunoxodni qo'ndirish bo'yicha eng katta miqdordagi pul mukofoti uchun kurashadigan xalqaro jamoalar haqida hikoya qiladi.

 

  Google kompaniyasi va XPRIZE fondining Oy Mukofotiga ega bo'lish uchun jamoa Oyga qurilmani qo'ndirishi va keyin ushbu qurilma bilan Oy sirtida 500 metrga qadar masofa boosib o'tishi, Yerga video, fotosuratlar va ma'lumotlarni yuborishi zarur. Ushbu xalqaro tanlov tasavvurni kuchaytirishga, kosmik tadqiqotlarni davlatlar va mamlakatlar darajasida emas, balki oddiy fuqarolar darajasida takomillashtirishga mo'ljallangan. Film o'tgan asrning 60-yillari oxirlarida va 70-yillarida kosmik tadqiqotlarning birinchi davri haqida hikoya bilan boshlanadi. 

 

Janr: Astronomiya
Studiya: NFC Creative
Mavjud tillar: Rus, Eng
Davomiyligi: 25 minut
Tomoshabin yoshi: 12+
Yaratilgan yili: 2013
Fulldome filmlar

O`xshash filmlar