Fulldome filmlar

Qaynoq va Energiyaga To'la Koinot

  Bugungi kunda astrofizika odamzot Koinotni anglashida katta rol o'ynaydi. Kosmik radiatsiya bizning atrofimizdagi Koinotda yuzaga kelgan, ilgari ma'lum bo'lmagan jarayonlarni aniqlash imkonini beradi. Hozirda olimlar neytron yulduzlar va o'ta yangi yulduzlarning nurlanishini, galaktikalar markazlaridagi supermassiv qora tuynuklar atrofidagi gaz nurlanishini, va nihoyat, Koinotdagi eng katta ob'ektlar hisoblangan galaktikalar to'dalaridagi qaynoq gaz nurlanishlarini o'rganmoqda.

 

  Yevropa kosmik agentligining XMM-Newton va Integral missiyalari Koinotdagi rentgen va gamma nurlanishlarni o'rganish bo'yicha ish olib bormoqda. 2028 yilda ATHENA missiyasi shu kungacha yaratilgan rentgen teleskoplar ichida eng kuchli bo'lgan qurilmani orbitaga olib chiqadi, va u rentgen nurlarini qayd etuvchi missiyalar orasida eng asosiysi bo'ladi. Yevropa Ittifoqining ko'magida yaratilgan ushbu yangi film zamonaviy astronomiyaning yutuqlarini, Yerdagi va orbital zamonaviy teleskoplarning kuzatuv natijalarini bayon qiladi, elektromagnit nurlanishning asosiy tamoyillari va kosmik nurlanish bilan bog'liq hodisalar tabiatining kuzatuv natijalari haqida ma'lumot beradi.

 

Film janri: Astronomiya
Studiya: ESO
Mavjud tillar: Eng, Ger
Davomiyligi: 30 minut
Tomoshabin yoshi: 6+
Yaratilgan yili: 2016
Fulldome filmlar

O`xshash filmlar