Fulldome filmlar

Qoramtir Materiya

  Ushbu to'liqgumbazli (fulldome) shou raqamli planetariylar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda Koinotdagi odatiy moddadan massasi 5 marotaba ortiq bo'lgan qoramtir materiya tabiati ochib beriladi. Bugungi kunda, qoramtir materiyani tadqiq qilish  astrofizikaning eng dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu muammoning echimi, bizga Koinotda milliard yillar davomida sodir bo'layotgan sirli jarayonlarni tushunishga imkon beradi. Inson hayotining davomiyligidan kelib chiqadigan bo'lsak, bu faqat bir lahzadir, ammo hozir bu sirlarni ilm-fan yordamida ochib berish imkoniyati mavjud.

 

  Dasturni G'arbiy Avstraliya universitetida Radioastronomiya Tadqiqotlari Xalqaro Ilmiy-tadqiqotlar Markazining yosh va intiluvchan astronomi, doktor Alan Daffi  olib boradi. Superkompyuterda o'tkazilgan hisob-kitoblar natijasidan foydalanib, u Koinotdagi qoramtir materiyaning evolyutsiyasi uchun model yaratgan. Shou davomida, doktor Alan Daffi tomoshabinlarga qoramtir materiya tushunchasi haqida, olimlar uning mavjudligini bilib olgan belgilari haqida va qoramtir materiyani tadqiq qilishda radioastronomiyaning nima uchun samarali ekanligi haqida hikoya qiladi.

 

Janr: Astronomiya
Studiya: Ivec@UWA
Mavjud tillar: Rus, Eng
Davomiyligi: 20 minut
Tomoshabin yoshi: 16+
Yaratilgan yili: 2012
Fulldome filmlar

O`xshash filmlar