Fulldome filmlar

Somon Yo'li Markaziga Sayohat

  Galaktikamizning markazida nima bor? Yigirma yil davomida, Evropa Janubiy Observatoriyasi (ESO) va Gavai orollaridagi Kek teleskoplari yuzdan ortiq yulduzlar harakatini kuzatib, Galaktikamiz markaziy qismini o'rganishgan va uning markazidagi ko'rinmas ob'ekt – o'tamassiv qora o'ra o'rnini aniqlash uchun harakat qilishgan.

 

  Ushbu filmda Somon Yo'li markaziga – yo'lida uchraydigan hamma narsani yutuvchi qora o'ra tomon yorug'lik tezligidan katta tezlikda sayohatga otlaning. Sizning ko'z oldingizda har biri kelajakda mavh etilishi zarur bo'lgan o'z sirlariga to'la 84 million yulduz namoyon bo'ladi. Ular atrofida sun'iy yo'ldoshiga ega sayyoralar mavjudmi? Ularda suv bormi? Ularda hayot yashiringan bo'lishi mumkinmi?

 

  "Somon Yo'li Markaziga Sayohat" – Evropa Janubiy Observatoriyasi o'z imkoniyatlari yordamida yaratgan, planetariylar uchun mo'ljallangan ilk mini-shou hisoblanadi. Uni namoyish qilish barcha planetariylar uchun subsidiyalangan bepul litsenziya bo'yicha taqdim etilgan.

 

Janr: Astronomiya
Studiya: ESO
Mavjud tillar: Uzb, Rus, Eng
Davomiyligi: 7 minut
Tomoshabin yoshi: 6+
Yaratilgan yili: 2014
Fulldome filmlar

O`xshash filmlar