Tadbirlar

Planetariyda 2015 yil o'tkazilgan "1-iyun Xalqaro Bolalarni Himoya Qilish Kuni"ga bag'ishlangan hayriya tadbiri

  Toshkent shahar Planetariysida 2015 yil 2, 3, 4 iyun kunlari Olmazor tumanida joylashgan 2-sonli "Muruvvat" nogiron bolalar uchun muruvvat uyi, 24-sonli Mehribonlik uyi, ijtimoiy o'zaro yordam "Mehribonlik" nogironlar jamiyati hamda 1-sonli internat uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida xayriya tadbiri o'tkazilgan. Ushbu xayriya tadbiri "1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"ga bag'ishlangan bo'lib, unda mehr-muruvvatga muhtoj bolajonlar uchun qiziqarli bo'lgan interaktiv o'yinlar tashkillashtirilgan. Shuningdek, xayriya tadbiri davomida uning ishtirokchilari uchun Planetariy bo'ylab ekskursiya uyushtirilib, namoishlar zalida to'liqgumbazli (fulldome) ilmiy-ommabop filmlarni tomosha qilish imkoniyati taqdim qilingan hamda dastur so'ngida har bir ishtirokchi bolajonlar uchun o'ziga xos sovg'alar ulashilgan.