Tadbirlar

2016 yil 11 noyabrda "Istiqlol farzandlari" xayriya tadbiri o'tkazilgan

  Toshkent shahar Planetariysida 2016 yil 11 noyabr kuni Olmazor tumanida joylashgan 2-sonli "Muruvvat" nogiron bolalar uchun muruvvat uyi, 24-sonli Mehribonlik uyi, ijtimoiy o'zaro yordam "Mehribonlik" nogironlar jamiyati, 1-sonli internat uyi hamda 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida xayriya tadbiri o'tkazilgan. Ushbu xayriya tadbiri "Istiqlol farzandlari" deb nomlanib, unda turli musiqiy chiqishlar va raqslar hamda bolajonlar uchun qiziqarli bo'lgan interaktiv o'yinlar tashkillashtirilgan. Shuningdek, xayriya tadbiri davomida uning ishtirokchilari uchun Planetariy bo'ylab ekskursiya uyushtirilib, namoishlar zalida to'liqgumbazli (fulldome) ilmiy-ommabop filmlarni tomosha qilish imkoniyati yaratilgan hamda dastur so'ngida bayram dasturxoni bezatilib, har bir ishtirokchi bolajonlar uchun maxsus sovg'alar ulashilgan.