Tadbirlar

Planetariyda bolalar uchun maxsus yangi yil bayram tadbiri o'tkazildi

  Joriy yilning 14 dekabr sanasida Toshkent shahar Planetariysida 2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" munosabati bilan Toshkent shahar Planetariysi hamda homiylar tomonidan bolajonlarga quvonch va shodlik bag'ishlash maqsadida yangi yil arafasida "Yangi yil quvonchi" nomli katta xayriya tadbiri o'tkazildi.
  Xayriya tabdirida Yashnobod tumani 30-Mehribonlik uyidan 50 nafar, Olmazor tumani 2-Muruvvat uyidan 45 nafar, Yunusobod tumani 21-Mehribonlik uyidan 65 nafar bolajonlar xayriya tadbiriga tashrif buyurishdi. Tadbirimizga Mirzo Ulug'bek tumanida istiqomat qiladigan 1-guruh nogironi Sh.Ermatova ham tashrif buyurdi hamda o'zinig "Mohir qo'llar" ko'rgazmasi bilan ishtirok etdi.