Fulldome filmlar

Yorug'lik

  Xalqaro Yorug'lik yili – Birlashgan Millatlar Tashkilotining optik texnologiyalarni barqaror rivojlanishga ko'maklashish va energetika, ta'lim, qishloq xo'jaligi, aloqa hamda sog'liqni saqlash sohasidagi umumbashariy muammolarga yechim topish borasidagi xabardorlikni oshirish bo'yicha global tashabbusi hisoblanadi. Xalqaro Yorug’lik yiliga bag'ishlab ZEISS, yorug'likning turli qirralariga sayohatda, planetariylarga tashrif buyuruvchilarni qabul qiladigan to'liqgumbazli (fulldome) tizerini yaratdi.

 

  Yorug’lik biz bilganimizdan ko'ra ko'proq hayotimizga ta'sir qiladi. Qisqametrajli bu film, voqelikka qiziqarli va axborot beruvchi bir uslubda yaqinlashtiradi. Bu yosh-u qari, mutaxassislar, jamoatchilik va butun dunyodagi odamlarga yoqadi. "Yorug’lik" ilk marotaba 2015 yil 27 fevral kuni Germaniyaning Myunxen shahrida Xalqaro Yorug’lik yili munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda “Zeiss Planetariysi”ni qayta ochish jarayonining boshlanishida namoyish etilgan. Ushbu fulldome tizer ZEISS tomonidan butun dunyo bo'ylab barcha planetariylarga bepul taqdim etilgan.

 

 

Janr: Hujjatli film
Studiya: ZEISS
Mavjud tillar: Uzb, Rus, Eng
Davomiyligi: 7 minut
Tomoshabin yoshi: 6+
Yaratilgan yili: 2015
Fulldome filmlar

O`xshash filmlar