Fulldome filmlar

Yulduzlarni Yo'qotib

  Ushbu qisqametrajli to'liqgumbazli (fulldome) film jamoatchilikka murojaat bo'lib, Loch Ness Productions va Xalqaro Yulduzli Osmon Assotsiatsiyasi (International Dark-Sky Association) bilan hamkorlikda yaratilgangan. Film yorug'lik ifloslanishi muammosiga bag'ishlanadi va uni kamaytirish uchun uchta oddiy amalni bajarishni taklif etadi. Shou planetariy mutaxassislariga tomoshabinlarga yorug'lik ifloslanishining muammolari haqida ma'lumot berish uchun imkoniyat taqdim etadi. Aynan planetariylar samarali usulda, odamlarni qanday qilib yoritish vositalariga ma'sulyat bilan yondashishni hamkorlikda amalga oshirishni o'rgatishlari mumkin.

 

  Yulduzli osmon yo'qolib borayotgan xazinadir, chunki yorug'lik ifloslanishi asta-sekin Koinotning ich-ichiga kirib boradi. Bu astronomiyani emas, balki jonli tabiatni ham xavf ostiga qo'yadi, inson salomatligiga ta'sir qiladi. Orbitadan aniq ko'rinadigan sariq nur bilan porlagan shaharlar, osmonni yoritishga sarf qilingan energiya isrofidan dalolat beradi. Film yorug'lik ifloslanishi, ayniqsa, tungi osmonning ko'rinishi yomonlashuvidan kelib chiqadigan muammolarni aniq tasvirlaydi. 

 

Film janri: Astronomiya
Studiya: Loch Ness Productions
Davomiyligi: 7 minut
Tomoshabin yoshi: 12+
Yaratilgan yili: 2013
Mavjud tillar: Rus, Eng
Fulldome filmlar

O`xshash filmlar