Biz haqimizda

Toshkent shahar Planetariysi tashkil etilishi

  Toshkent shahar Planetariysi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 649-f-sonli farmoyishi hamda Toshkent shahar hokimining 2003 yil 7 noyabrdagi 748-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Planetariy binosi Toshkent shahar hokimligi tomonidan qurib berilgan bo'lib, Mustaqilligimizning 12 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan. Dastlab planetariyga Yaponiya hukumati tomonidan beg'araz yordam sifatida taqdim etilgan "Konica Minolta" firmasining "Planetarium MC-6" uskunasi o'rnatilgan va muassasaning rahbari etib Abdurasul Karimov Abdug'anievich tayinlangan.

  2013 yilda Toshkent shahar Planetariysi rahbari etib Xikmatova Noiba Xikmatullayevna tayinlandi. Shu yili planetariy binosini ta'mirlash ishlari boshlandi. Xususan, noyabr oyida binoning tom qismi to'liq ta'mirdan chiqarildi. 2014 yil Planetariy o'z logotipiga ega bo'ldi. Undan tashqari Planetariyning tashqi qismiga quyosh tizimi tasviri va buyuk allomamiz Mirzo Ulug'bekning tasviri tushirilgan bannerlar o'rnatildi. Tashrif buyuruvchilar yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'lishlari uchun Planetariyning holl qismidagi devoriga rassomlar tomonidan yulduz turkumlari, sayyoralar va buyuk allomalarning tasvirlari tushirildi. Bundan tashqari, Planetariyga tashrif buyuruvchilarga bir qator qulayliklar yaratildi. Jumladan, namoyishlar zaliga fulldome formatidagi ilmiy-ommabop filmlar va shoularni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan FEPAS proektor tizimi o'rnatildi va bugungi kunda tashrif buyuruvchilar o'zbek, rus, ingliz va boshqa bir nechta chet tillarida fulldome filmlarni tomosha qilishlari mumkin. Toshkent shahar Planetariysi Imom Ag'zam masjumiga yaqin bo'lganligi sababli chet ellik sayyohlar tashrifi yanada oshdi. Xususan, 2014-2015 yillar mobaynida umumiy tashrif buyuruvchilar soni 6000 ga yetdi . 


Toshkent shahar Planetariysi xodimlari

Toshkent shahar Planetariysi xodimlari
Direktor

Xikmatova Noiba Xikmatullayevna

Toshkent shahar Planetariysi xodimlari
Uslubiyatchi

Azimova Madina Maxsutxanovna

Toshkent shahar Planetariysi xodimlari
Operator

Mo'minova Gulchehra Nasirovna